Blinken Falastindagi azob-uqubatlarini yumshatish maqsadida Misrga tashrif buyuradi

Blinken Falastindagi azob-uqubatlarini yumshatish maqsadida Misrga tashrif buyuradi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 17-19 sentyabr kunlari Misrga tashrif buyurib, u yerda mamlakat rasmiylari bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qiladi.

Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Millerning 17 sentyabr kuni e’lon qilingan yozma bayonotida aytilgan.

"AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 17-19 sentyabr kunlari Misrga tashrif buyurib, Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdul Ati bilan AQSH-Misr strategik muloqotining ochilish marosimiga raislik qiladi", — dedi u. Tashrif davomida "iqtisodiyotni rivojlantirish, gumanitar aloqalarni, jumladan, madaniy-ma’rifiy sohalarda aloqalarni kuchaytirish" borasida kelishuv imzolanadi.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, Blinken, shuningdek, “Misr rasmiylari bilan G‘azo sektorida barcha garovga olinganlarni ozod qilish, Falastin azob-uqubatlarini yumshatish va mintaqada kengroq xavfsizlikni ta’minlashni o‘z ichiga olgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha harakatlarni muhokama qilish uchun” uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!