Tramp: "Xitoy va Rossiya AQShning dushmani emas"

Tramp: "Xitoy va Rossiya AQShning dushmani emas"

Amerikaning sobiq yetakchisi, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Rossiya va Xitoyni AQShning dushmani deb hisoblamasligini aytdi.

Respublikachi o‘z fikrini bloger Farok Sarmad bilan X ijtimoiy tarmog‘ida efirga uzatilgan intervyusida aytib o‘tgan.

"Tashqi kuchlar bor, ular orasida dushmanlar ham bor. Siz ularni Rossiya, Xitoy va boshqalar deysiz. Ular dushmanmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Menimcha, biz Xitoy bilan juda yaxshi til topishamiz. Rossiya bilan juda yaxshi aloqadamiz” - dedi Tramp.

Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi mojaroni 20 yanvarda bo‘lib o‘tadigan inaugurasiyadan oldin ham hal etish niyatida ekanini yana bir bor ta’kidladi.

"Men Oval kabinetga kirishimdan oldin bu sodir bo‘lishini xohlayman. Men prezidentlikka saylanganimda bu sodir bo‘lishini xohlayman, chunki ziddiyatni hal qilish kerak", - dedi respublikachi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!