Raqobatda Tesla va BYDga mag‘lub bo‘lgan Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopishni va 15 ming ishchini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Raqobatda Tesla va BYDga mag‘lub bo‘lgan Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopishni va 15 ming ishchini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni zavodlarining yopilishi munosabati bilan 15 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishi mumkin.

Bu haqda dushanba kuni Bloomberg agentligi Jefferies moliyaviy kompaniyasi tahlilchilari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Bu Volkswagenga taxminan 4,4 milliard dollarga tushishi mumkinligi ta’kidlanganidek, zavodlarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchisi kuzatuv kengashining roziligi talab qilinmaydi. Kasaba uyushmalari "ish haqi masalalari bo‘yicha norozilik bildirishi mumkin, ammo zavodlarning yopilishi va ishdan bo‘shatilishiga qarshi emas".

So‘nggi paytlarda Volkswagen Amerikaning Tesla kompaniyasi va ba’zi Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari, jumladan BYD tomonidan katta xarajatlar va qattiq raqobatga duch kelmoqda, deya qo‘shimcha qiladi nashr.

Bloomberg avvalroq Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari, jumladan, Bloomberg va Volvo elektromobillar ishlab chiqarishdagi ortda qolayotgani sababli avtomobilsozlik sanoati kelajagi uchun global poygada amerikalik va xitoylik raqiblarga yutqazib qo‘yish xavfi borligi haqida xabar bergan edi. Bu, agentlik nuqtai nazaridan, ikkita sababga bog‘liq. Birinchidan, Yevropa kompaniyalari arzon elektromobil modellarini loyihalashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ikkinchidan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dasturlarning qisqartirilishi xaridorlarning Yevropa elektromobillariga bo‘lgan qiziqishini yanada pasaytirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!