Moskvada haydovchi piyodalar o‘tish joyida bolalarni bosib ketdi

Moskvada haydovchi piyodalar o‘tish joyida bolalarni bosib ketdi

Moskva shimoli-g‘arbidagi piyodalar o‘tish joyida avtomobil haydovchisi bolalarni bosib ketdi, bir bola halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Davlat yo‘l inspeksiyasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi .

«Planernaya ko‘chasi, 9-uy yaqinida Toyota mashinasi haydovchisi boshqariladigan piyodalar o‘tish joyida bir o‘g‘il va qizni urib yubordi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida 13 yoshli bola voqea joyida vafot etgan, qiz og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan», — deyiladi boshqarmada.

Qayd etilishicha, YPX xodimlari va tergovchilar YTHning barcha holatlarini aniqlamoqda. Poytaxt Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi, haydovchi qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!