Qozog‘iston Toqayev va Sholsning qo‘shma matbuot anjumanini kutilmaganda bekor qildi

Qozog‘iston Toqayev va Sholsning qo‘shma matbuot anjumanini kutilmaganda bekor qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma matbuot anjumani Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan kutilmaganda bekor qilindi.

Bu haqda Germaniyaning DPA agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Shols Toqayev bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot qila olgan.

Avvalroq Ostona shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va Germaniya kansleri Olaf Shols ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklarasiyani qabul qilgani xabar qilingandi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni, xususan, energetika, yashil transformasiyalar, tog‘-kon sanoati, transport va logistika, iqlimni muhofaza qilish, ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!