Polsha 2027 yildan boshlab artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarishi mumkin

Polsha 2027 yildan boshlab artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarishi mumkin


Polshada 2027 yilgacha 155 mm artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Bu haqda Polska Amunicja kompaniyalar guruhi Grupa WB prezidenti Pyotr Voysexovski Rzeczpospolita gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Agar Polska Amunicja qurollanish agentligi bilan shartnoma tuzsa, konsorsium 2027 yildan boshlab to‘liq Polsha zavodlarida ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni yetkazib berish majburiyatini oladi”, dedi tadbirkor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zi rahbarlik qilayotgan Grupa WB va Ponar Wadowice kompaniyasi konsorsiumdan bir nechta korxonalar chiqib ketganiga qaramay, o‘q-dorilar zavodi qurish loyihasini davom ettirishga qaror qilgan.

Amunicja Polska konsorsiumi 2023 yil bahorida Qonun va adolat partiyasi hukumati tomonidan tasdiqlangan o‘q-dorilar zaxirasini yaratish bo‘yicha milliy dastur doirasida tuzilgan. Shu bilan birga, mamlakat rasmiylari konsorsium bilan o‘q-dori ishlab chiqaruvchi zavod qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Respublika Milliy Mudofaa vazirligining yangi rahbariyati davlat manfaatlari lozim darajada himoyalanmagan, deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!