Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilarning oyligi qanchaga oshdi?

Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilarning oyligi qanchaga oshdi?

XTV mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov pedagog o‘qituvchilarning ish haqi so‘nggi uch yilda o‘rtacha 1,4 dan 2,6 mln so‘mgacha oshirilganligini aytdi. Bu xaqida Uznewsuzb xabar bermoqda.

Temur Komilovga ko‘ra, pedagog o‘qituvchilarning ish haqi 2018 yildan boshlab ikki bosqichda oshirilgan. Ilgari o‘rtacha maosh 1,4 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu miqdor 2,6 mln so‘mga yetgan.

Shuningdek, «2024 yilgacha munosib o‘qituvchilarning oyligini 1000 dollarga yetkazish topshirig‘i berilgan. Hozir uni aynan qaysi o‘qituvchiga, qaysi mexanizm bilan berish kerakligi bo‘yicha takliflar tayyorlayapmiz», – deydi Komilov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!