Ombudsman aralashuvi bilan fuqarolarga yetkazilgan zarar qoplab berildi

Ombudsman aralashuvi bilan fuqarolarga yetkazilgan zarar qoplab berildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi tadbirkorlik sub’ekti rahbaring xati-harakatidan norozi bo‘lgan 2 nafar fuqaroning murojaati kelib tushdi.

Bir xil mazmundagi 2 murojaat o‘rganilganda, har ikkala murojaatchi va “Mohir qurilish servis” MCHJ o‘rtasida 2020 yilning may oylarida bir hafta mobaynida qiymati tomorqa maydoniga 6,5 mln so‘m bo‘lgan 100 kv m issiqxona qurib berish bo‘yicha shartnoma imzolangani, lekin noma’lum sabablarga ko‘ra shartnoma talablari o‘z vaqtida bajarilmagani natijada esa buyurtmachilar bu mavsumda rejalashtirilganidek foyda ololmaganliklari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasida shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi mumkinligi belgilangan.

Mazkur murojaatlar Ombudsman nazoratiga olingach, tuman prokuratura organlari xodimlari orqali murojaatchilarga yetkazilgan zarar miqdori to‘liq undirildi va ularning issiqxonalari bir hafta muddatda to‘liq kurilib, foydalanishga topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!