Oliy sud «Shaftoli o‘g‘irligi»da ayblanib 7 yilga qamalgan samarqandlik talaba jinoiy ishi haqida ma’lumot berdi

Oliy sud «Shaftoli o‘g‘irligi»da ayblanib 7 yilga qamalgan samarqandlik talaba jinoiy ishi haqida ma’lumot berdi

Oliy sud «Shaftoli o‘g‘irligi»da ayblanib, 7 yilga qamalgan samarqandlik talabaning onasi tomonidan o‘g‘lining nohaq qamalganihaqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Oliy sud matbuot xizmatining yozishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining 2019 yil 8 fevraldagi hukmiga ko‘ra, SH. Hasanov (1995 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – o‘zbek, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismining «g» bandida nazar tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismining «g» bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (Engilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jazo muddati 2018 yil 24 sentyabr kunidan boshlab hisoblanishi va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Oliy sud xabarida dastlabki tergovda sudlanuvchi Shahzod Hasanovning jinoiy qilmishi noto‘g‘ri malakalanganligi yuzasidan advokatning fikrlariga javob qaytarilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!