Nurmagomedov - UFC prezidentiga: "Trampga ayt, otamga viza bersin"

Nurmagomedov - UFC prezidentiga: "Trampga ayt, otamga viza bersin"

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov UFC prezidenti Dena Uayntning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuviga o‘z munosabatini bildirdi.

«Dena, iltimos, Trampdan otamga viza berishi haqida so‘ra», - deb yozgan Nurmagomedov o‘z instagramida. 

Jangchining otasi Abdumannop Nurmagomedov uzoq vaqtdan beri mamlakatga kirish huquqini ololmayapti. Nurmagomedov otasining vizasi noma’lum sabablarga ko‘ra 2016 yilda bekor qilingan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!