Nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan shifokor ushlandi

Nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan shifokor ushlandi

Ma’lum qilinishicha, tuman tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi sifatida faoliyat olib boruvchi shaxs bir fuqaroga vakolatli tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qiladi.

Joriy yil 25 aprelida Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida ushbu shaxs tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning ma’muriy binosida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!