Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvesiyadagi elchisi lavozimidan ozod etildi

Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvesiyadagi elchisi lavozimidan ozod etildi

Oliy Majlisi Senati kengashining qarori bilan Nodir G‘aniyev — O‘zbekistonning Shvesiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Nodir G‘aniyev 2023 yil oktyabrda Stokgolmda O‘zbekistonning Shvesiyadagi birinchi elchisi sifatida o‘z vazifasini bajarishga kirishgan edi.

U avval O‘zbekistonning ushbu davlatdagi muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlagan. O‘zbekistonning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022 yilda ochilgan va mamlakatning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi hisoblanadi.

Nodir G‘aniyev Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvesiyaga jo‘nab ketishidan oldin u TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!