Nihoyat! Test savollari tuziladigan darsliklar e’lon qilindi

A A A
Nihoyat! Test savollari tuziladigan darsliklar e’lon qilindi

Nihoyat Davlat test markazi 2019-2020 o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini rasmiy veb-saytida e’lon qildi. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev xabar berdi. 

Darsliklar ro‘yxatini quyidagi manzil orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda bilishingiz mumkin:

https://dtm.uz/info/textbooks

Demak, 2020-2021 o‘quv yili uchun kelasi yilda bo‘ladigan test sinovlarida savollar ushbu darsliklardan shakllantiriladi.

Mana, shu ma’lumotlarni cho‘zmasdan, oktyabr oyidayoq e’lon qilsa bo‘larkan-ku. Hamma narsaning imkoni bor, faqat xohish va harakat bo‘lsa kifoya.

Endi asosiy masala - qaysi yo‘nalishga qaysi fandan test savollari tushishini tezroq ma’lum qilish kerak. Bu bo‘yicha ham yaqin orada yangilik kutamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!