“Nestle” va “Mars” ustidan odam savdosi va bolalar mehnatiga oid ayblovlar bo‘yicha sudga murojaat qilindi

“Nestle” va “Mars” ustidan odam savdosi va bolalar mehnatiga oid ayblovlar bo‘yicha sudga murojaat qilindi

Amerikaning “International Rights Advocates” (IRA) inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti Mali fuqarolari nomidan odam savdosi va bolalar mehnatida ayblab, “Nestle” va “Mars”  kabi bir nechta kompaniyalarga qarshi sudga ariza berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«IRA Maliga qaytib qochib kelgan sakkiz nafar yoshlar nomidan sudga murojaat qildi», deyiladi xabarda.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, ushbu sakkiz nafar yoshlarni bolaligida Kot-dʼIvuarga noqonuniy ravishda olib kelishgan va kakao yig‘ishga majbur qilishgan.

Tashkilot rahbari Terri Kollinsvortning aytishicha, ayblanayotgan kompaniyalar ilgari bolalar mehnatidan foydalanganlik uchun sudlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!