Navoiyda “ychar” haydovchi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan bolakayni urib yubordi

Navoiyda “ychar” haydovchi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan bolakayni urib yubordi

16 noyabr kuni soat 17:50 lar atrofida Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R-56 avtomobil yo‘lining 14-kilometrida 1992 yilda tug‘ilgan, Xatirchi tumani “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro K.YO. “Neksiya” rusumli avtomashinasida yuqori tezlikda harakatlanib kelib, yo‘lning piyodalar uchun maxsus qismidan o‘tayotgan 2006 yilda tug‘ilgan, Xatirchi tumani “Sangijuman” MFYda istiqomat qiluvchi 14 yoshli maktab o‘quvchisi I.X.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, voyaga yetmagan bolakay tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, “chap bilak suyagi tipik joyidan yopiq sinishi, chap oshiq boldir bo‘g‘im paylarining cho‘zilishi” kabi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzar K.YO.ga nisbatan Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!