Navoiyda yana 16 nafar bemorda koronavirus aniqlandi

Navoiyda yana 16 nafar bemorda koronavirus aniqlandi

2020 yil 24 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3132 (+17) nafarni tashkil etmoqda.  Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlandi. 
Ayni paytda yurtimizda 2532 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 587 nafar bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!