Navoiyda plastik karta shaklidagi kadastr pasportini berish boshlandi

Navoiyda plastik karta shaklidagi kadastr pasportini berish boshlandi

Navoiy viloyatidagi barcha tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga plastik karta shaklidagi yangi namunadagi kadastr pasportlari berila boshlandi.
Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kadastr pasporti elektron ko‘rinishga ega bo‘lib, ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni, jumladan, kadastr raqami, ko‘chmas mulk ob’ektining egasi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami, ko‘chmas mulk ob’ektining turi, kadastr sxemasi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Yangi namunadagi kadastr pasportida QR-kod tizimi mavjud bo‘lib, ushbu tizimi orqali mulkdorlar vakolatli tashkilotlarga murojaat qilmasdan, ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan vaqtda uyali telefondagi maxsus ilovalar orqali olishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!