Navoiyda fan olimpiadasiga ketayotgan o‘qituvchi va o‘quvchi avariyaga uchrab, vafot etdi

Navoiyda fan olimpiadasiga ketayotgan o‘qituvchi va o‘quvchi avariyaga uchrab, vafot etdi

5 yanvar kuni Navoiy shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Nurota tumanidan mazkur olimpiadaga ikki o‘quvchi va ikki o‘qituvchini olib kelayotgan «Nexia» avtomashinasi yo‘lda avariyaga uchragan.

Ular, Nurota tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Bayramali Bobonazarovning ma’lum qilishicha, tumandagi 2-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari bo‘lgan.

Mashina «Qoraqarg‘a» dovonidan o‘tayotganda yo‘ldan chiqib ketgan. Oqibatda bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga haydovchi tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!