Navbahorda nogiron erkakka sifatsiz va yaroqsiz ko‘ylak berilgani tasdiqlandi

Navbahorda nogiron erkakka sifatsiz va yaroqsiz ko‘ylak berilgani tasdiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bizga kelgan videoga ko‘ra Navbahorda nogironlarga sovg‘a ulashishibdi bu yaxshi lekin....” mazmunida fuqarolar tomonidan murojaat yo‘llangan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. 

Ushbu murojaat tuman hokimligi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida “Qalqon ota” mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan oila (oila boshlig‘i Rahimov Avaz) uchun viloyat inson huquqlari bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 may kuni erkaklar kuylagi va oziq-ovqat mahsulotlari berganligi aniqlandi. 

Ko‘ylak ochib ko‘rilganda haqiqatdan ham sifatsiz va kiyishga yaroqsiz holatda bo‘lgan. 

Muhokama jarayonida ushbu oila a’zolari tuman hokimligi va sektor rahbari faoliyatidan minnatdor ekanligi hamda subsidiya asosida 2 ta tikish mashinasi, 5 marotaba oziq-ovqat mahsulotlari berilganligi, onasi D.Rajabovani “Ayollar daftarida” ro‘yxatda bo‘lganligi sababli jamoat ishiga qabul qilinganligi hamda Samarqand shahriga 2 kunlik sayohat tashkil etib berilganligi to‘g‘risida oila a’zolari tomonidan bildirib o‘tildi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!