Namanganlik erkak o‘z qarindoshiga qasddan bir necha marta pichoq urdi

Namanganlik erkak o‘z qarindoshiga qasddan bir necha marta pichoq urdi

21.04.2019 yil soat 10:00 larda Namangan shahri, Yangi asr mahallasida yashovchi O.M. (1995 y.t.) Namangan shahridagi chorva mollari bozorida qarindoshi M.M. (1993 y.t.) bilan o‘zaro qarz oldi-berdi masalasida janjallashib qolganlarida, bozordagi fuqarolar tomonidan ajratilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Shunga qaramay, O.M. janjaldan so‘ng M.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning orqa tomonidan hujum qilib, bir necha marotaba pichoq urgan, biroq hodisa guvohi bo‘lgan fuqarolar tomonidan ajratib qolinganligi natijasida, O.M. o‘z jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar natijasida, M.M.ning hayoti saqlab qolingan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Namangan shahar prokuraturasi tomonidan O.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. O.M. tegishli prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!