Namanganda hali tug‘ilmagan besh oylik farzandini ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Namanganda hali tug‘ilmagan besh oylik farzandini ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 32 yoshli ayol tug‘ilmagan, besh oylik farzandini ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ayolning 3 nafar farzandi bo‘lib, to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirishni istamagan. Keyinchalik u ushbu farzandini sotish evaziga mo‘maygina daromad olmoqchi bo‘lib, tug‘ilajak farzandini sotib olishga Uchqo‘rg‘on tumanidan talabgor topgan va buning uchun bir xonali uy olib berishini talab qilgan.

Talabgor moddiy imkoniyatlari cheklanganini aytib, ushbu talabni rad qilgan. Keyinchalik bola 1000 AQSh dollariga baholangan va ayol 6 yanvar kuni 500 dollar pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!