Nahotki?! Kongoda Ebola virusi tarqalishi kamaydi

Nahotki?! Kongoda Ebola virusi tarqalishi kamaydi

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Kongoda Ebola virusini yuqtirish holati faqat 14 marta qayd etilgan. Bu bir yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir. Sentyabr oyi o‘rtalarida 51 nafar va aprelda 126 nafar odamda ushbu virus borligi aniqlangan.

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi qishloq hududlarida tarqalgan bo‘lib, virusdan harbiylar va ko‘chib yuruvchi odamlar aziyat chekmoqda. Bu esa epidemiyani butkul yo‘q qilishni qiyinlashtirmoqda.

«Kasallik tarqalgan hudud kichikroq bo‘lgani yaxshi, ammo u boshqa qishloq va xavfli hududlarga ham yoyilgan», deydi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturi ijrochi direktori doktor Maykl Rayan.

Hozirgacha 3200 dan oshiq odam ushbu virusni yuqtirganligi ma’lum bo‘lib, 2018 yilning avgustidan beri ularning 2114 nafari halok bo‘lgan.

Kongo sog‘liqni saqlash organlari o‘tgan oyda “Johnson&Johnson” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkinchi Ebola vaksinasidan foydalanmoqchiligini ma’lum qildi, ammo bu ishlar qachon amalga oshirilishi e’lon qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!