Mustaqillik bayrami arafasida #MenUchunQadrli nomli fleshmobga start berildi

Mustaqillik bayrami arafasida #MenUchunQadrli nomli fleshmobga start berildi

«Yuksalish» umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayrami arafasida #MenUchunQadrli nomli fleshmobga start berilganini e’lon qiladi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda ishtirokchilar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali O‘zbekiston bilan bog‘liq qadrli taassurotlari (tarixiy bino, joy yoki buyum, qiziqarli voqea, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, erishilgan natijalar, oila a’zolari yoki do‘stlar davrasida olingan fotosuratlar) bilan ishtirok etishi mumkin.

«Bu bilan bayram arafasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirish, vatanimizni qanchalik sevishimiz va uning har bir bo‘lagi biz uchun qadrli ekanligini yana bir bor yodga olamiz. Eng asosiysi esa, shu orqali bir-birimizni bayram bilan o‘ziga xos tarzda tabriklab, yaxshi kayfiyat ulashamiz.

Buning uchun yuqorida keltirib o‘tilgan, Siz uchun qadrli bo‘lgan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlaringiz bilan ulashing hamda ularni ta’riflashda #MenUchunQadrli yoki #Senyu heshteglaridan foydalaning», — deyiladi xabarda.

Fleshmobda barcha yoshdagi fuqarolar, vazirlik va idoralar jamoalari, xorijdagi o‘zbeklar, chet ellik mehmonlar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etishi mumkin.

E’lon qilinayotgan fotosuratlar tashkilotchilar tomonidan kuzatib boriladi hamda eng faol ishtirokchilar va kreativ ishlar OAV orqali keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etiladi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!