Mo‘g‘ulistonda parlament saylovlari yakunlandi

Mo‘g‘ulistonda parlament saylovlari yakunlandi

Mo‘g‘ulistonda mahalliy vaqt bilan soat 22:00da yakunlangan parlament saylovlarida saylovchilarning ishtiroki 69,3 foizni tashkil etdi.

Bu haqda Mo‘g‘uliston Bosh saylov komissiyasi (GSK) raisi P.Delgernaran ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu foiz oshadi. Bunga xorijda istiqomat qilayotgan fuqarolarning ovozlari sanab chiqilayotgani sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, tarmoqqa ulanmagan saylov uchastkalariga borgan oxirgi ikki soati ham hisobga olinadi. Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab saylovchilarning ishtiroki 70 foizga yetishi mumkin».

Davlat saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 soatlik ovoz berish davrida saylovda jiddiy qonunbuzarliklar qayd etilmagan.

Parlament saylovlarida ovoz berish juma kuni ertalab soat 7:00da boshlandi.

E’lon qilingan saylov natijalari dastlabki hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!