Moldovalik erkak noma’lum ayol bilan Toshkentdagi paxta dalasida "hunar ko‘rsatdi"

Moldovalik erkak noma’lum ayol bilan Toshkentdagi paxta dalasida "hunar ko‘rsatdi"

Toshkent viloyatida Moldova fuqarosi paxta ekin dalasini payhon qildi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, Yuqorichirchiq tumanida 13 may kuni Moldova Respublikasi fuqarosi 31 yoshli K.V. boshqaruvidagi Kobalt avtomashinasida noma’lum ayol bilan Nizomiddin Anro-omad fermer xo‘jaligi paxta ekin dalasiga kirgan.

Paxta ekin dalasining 0.1ga maydonini avtomashinada payxon qilib, moddiy zarar yetkazgan , - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, K.V.ga qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!