Migrantlar Yevropadagi demografik vaziyatni qutqarib qolishi mumkin

Migrantlar Yevropadagi demografik vaziyatni qutqarib qolishi mumkin

Migrantlarsiz Yevropa mamlakatlarining yo‘q bo‘lib ketish xavfi vujudga kelmoqda. Bu haqda Yevropa statistika agentligining o‘tkazgan yangi tadqiqotiga tayangan holda xabar beradi Bloomberg nashri.

Agentlikning yangi tadqiqoti natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘lishicha, bir necha o‘n yillardan beri Yevropada kuzatilayotgan demografik pasayish qaytarib bo‘lmaydigan darajada tus oldi. Hozirgi kunda mintaqada bironta ham aholi sonining kamayishiga to‘sqinlik qiladigan yetarlicha tug‘ilish mavjud bo‘lgan davlat yo‘q. Bu vaziyat ijtimoiy himoya tizimini sezilarli darajada murakkab ahvolga solib qo‘yadi va bu iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining pasayishiga olib keladi.

Nashr bunday sharoitlarda Yevropa deyarli yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida ekanligini xulosa qilib yozadi. Holatni faqat migrantlar qutqarib qolishi mumkinligi ta’kidlanadi. Sharti ular mehnat qilishi va soliqlarni to‘lashi lozim bo‘ladi.

Manba: fitrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!