Messining "Inter Mayami"dagi rasmiy maoshi ma’lum bo‘ldi

Messining "Inter Mayami"dagi rasmiy maoshi ma’lum bo‘ldi

“Inter Mayami” klubining argentinalik futbolchisi Lionel Messi AQSh va Kanada Professional Futbol Ligasi (MLS) tarixidagi eng yirik shartnomaga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda forvard 20,4 million dollar kafolatlangan tovon pulidan tashqari yiliga 12 million dollar ishlab topmoqda.

Kompensasiya shartnoma tuzish uchun to‘lovlarni va shartnoma muddati davomida amal qiladigan turli bonuslarni o‘z ichiga oladi. Ushbu raqamlar MLS uchun rekord hisoblanadi.

Ko‘rsatilgan summalar homiylar va reklama beruvchilarning to‘lovlarini o‘z ichiga olmaydi. Ular hisobga olinsa, Messining daromadi yiliga 50-60 million dollarni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!