"Men bog‘chada ishlayman, bizni majburan paxtaga jo‘natishmoqchi"

"Men bog‘chada ishlayman, bizni majburan paxtaga jo‘natishmoqchi"

Men bog‘chada ishlayman, hozir mudiramiz yotoqqa ikki kunga paxtaga jo‘natmoqchi, shu bugundan kechga borib ro‘yxatdan o‘tishimizni aytdi. Bu ishni boshida kattalar turibdi. Hech nima deya olmaymiz. Kam ta’minlangan bolalarning ota-onalarini ham ikki kunga chiqib berishlarini aytinglar deb buyurishdi. Qayerga murojaat qilish kerak? (Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani)

Qonunchilikka muvofiq fuqarolar, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlangan.

Fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra paxta terimiga chiqishga majburlashsa yoki ish haqingizdan pul ushlab qolishsa darhol quyidagi ishonch telefonlariga murojaat etishingiz so‘raladi:
? Adliya vazirligining ishonch telefoni – 1008;
? Bosh prokuraturaning ishonch telefoni – 1007;
? Kasaba uyushmalarining ishonch telefoni – 1092;
? Mehnat vazirligining ishonch telefoni – 71-200-06-00.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!