Melburnda karantin choralari yumshatildi: endi aholi o‘z uyidan 25 kilometr uzoqqacha borishi mumkin

Melburnda karantin choralari yumshatildi: endi aholi o‘z uyidan 25 kilometr uzoqqacha borishi mumkin

Avstraliyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri bo‘lgan Melburnda karantin cheklovlari yumshatildi. Hozirda bu shaharda yangi kasallanish holatlari va davolanayotgan bemorlar soni kamayishda davom etmoqda.

Yakshanba kunidan boshlab Melburn aholisi ta’lim olish va hordiq chiqarish uchun ko‘chada harakatlanish bo‘yicha ta’qiqlardan ozod bo‘ldi. Oldingi cheklovlarga binoan shahar aholisi o‘z uyidan besh kilometrgacha uzoqqa borishlari mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endi bu masofa 25 kilometrgacha uzaytirildi. Shuningdek, 10 tagacha bo‘lgan odamlarning to‘planishlariga, tennis va golf o‘yinlari qayta boshlanishiga ruxsat berildi.

Melburn shahri joylashgan Viktoriya shtatida shanba kuni ikkitagina yangi kasallanish holati qayd etilgan va hech qanday qurbon bo‘lmagan.

18 oktyabr holatiga ko‘ra, Viktoriya shtatida atigi 137 ta kasal qolgan bo‘lib, ularning 12 nafari kasalxonada davolanmoqda. Birorta bemor og‘ir ahvolda emas.

Viktoriyada karantin qoidalari yengillashtirilib boriladi. Ikkinchi noyabrdan do‘konlar, barlar va restoranlar qisman ochiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!