Manguberdi rolini talqin qilayotgan turk aktyori Emre Kiviljim obrazi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Manguberdi rolini talqin qilayotgan turk aktyori Emre Kiviljim obrazi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Shijoati bilan dunyoga tanilgan sarkarda, Chingizxondek yovga mardonavor qarshi chiqqan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Serialda Jalolidin Manguberdi obrazini talqin qilayotgan turk aktyor Emre Kiviljim ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Jaloliddin Manguberdining jasorati meni hayratda qoldirdi. Vatani va millat himoyasida o‘zini fido qilgan, tarixda muhim shaxs sifatida nom qozongan buyuk sarkardaning shijoati unga bo‘lgan mehrimni uyg‘otdi.

Biz ikki tilda so‘zlashadigan bitta millatmiz, serialda suratga tushish chog‘ida o‘zbek aktyorlari bilan bir oila bo‘lib ishladik. Ularning teatr yo‘nalishidagi mahorati kuchli ekanligini ko‘rdik. Biz o‘zaro tajriba almashdik. Har ikkala davlat aktyorlarining mahoratidan o‘rgansa arzigulik jihatlar ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!