Ma’muriy qamoq ayrim toifadagi shaxslarga qo‘llanilmaydi

Ma’muriy qamoq ayrim toifadagi shaxslarga qo‘llanilmaydi

– O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n sutkagacha, favqulodda holat sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilgani uchun o‘t­tiz sutkagacha muddatga qo‘llanilishi mumkin.

2017 yil 9 yanvarda qabul qilingan va 2019 yil 10 yanvarda kuchga kiradigan "Ma’muriy qamoqni o‘tash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 5-moddasiga ko‘ra, tuman (shahar) sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasining qarori, fav­qulodda holat rejimida, shuningdek, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qarori ma’muriy qamoqni o‘tash uchun asos bo‘ladi.

Ma’muriy qamoqni o‘tashga mahkum etilgan shaxs maxsus qabulxonada, ya’ni ichki ishlar organlari tizimiga kiradigan, ma’muriy qa­moqqa olingan shaxslarni qabul qi­lish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasada saqlanadi.

Maxsus qabulxonaga keltirilgan shaxsga muassasaga joylashtirilgan paytdan boshlab o‘zi haqida advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxs­larga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar qilish huquqi beriladi. Agar chet el fuqarosi bo‘lsa, uning maxsus qabulxonaga joylashtirilgani to‘g‘risida yozma bildirish yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.

Homilador ayollar, uch yoshga to‘l­magan farzandi bor ayollar, 18 yoshga to‘lmaganlar va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan ma’muriy qa­moqqa olish jazosi qo‘llanilmaydi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!