Maduro Peru hukumatidan uzr so‘rashni talab qildi

Maduro Peru hukumatidan uzr so‘rashni talab qildi

Venesuela rahbari Nikolas Maduro Lima shahridagi Venesuela elchixonasiga yuz bergan hujum munosabati bilan Peru hukumatidan uzr so‘rashni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Peru hukumati elchixonalarning xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Elchixonaga hujum qilish - bu umuman qabul qilib bo‘lmaydigan narsa. Biz Peru hukumatidan hammaning oldida uzr so‘rashni talab qilamiz , - deya ma’lum qildi u.

Avvalroq, Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa Peru poytaxti Lima shahridagi elchixonaga hujum uyushtirilgani haqida xabar bergandi.

Venesuela TIV rahbarining qayd etishicha, Peru hukumati hujumga javobgar sanaladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, jinoyatchilar to‘dasi diplomatik missiya binosiga kirgan, biroq u ular nima qilganiga aniqlik kiritmadi. Jabrlanganlar va mol-mulkka yetkazilgan zarar haqida ma’lumot ham yo‘q.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!