Koronavirusga chalinib, vafot etgan mashhurlar (FOTO)

Koronavirusga chalinib, vafot etgan mashhurlar (FOTO)

Koronavirus pandemiyasi hali yakuniga yetmadi. Kasallik ko‘plab mamlakatlarda bir qancha o‘limlarga sabab bo‘ldi. Vafot etganlar orasida mashhurlar ham bor. E’tiboringizga virusga chalinib hayotdan ko‘z yumgan mashhurlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Lyuchiya Boze

Koronavirusga chalinib, vafot etgan mashhurlar

Italiyalik aktrisa taniqli rejissyorlarning filmlarida suratga tushgan. Shuningdek, u "Miss Italiya" g‘olibligiga nomzod ham bo‘lgan. U Tureganoda farishtalar muzeyini ochgan va taniqli rassomlarning farishtalar aks etgan suratlarini to‘plagan. Aktrisa 2013 yilgacha ishini davom ettirdi. 23 martda esa Ispaniyada 89 yoshida koronavirusga chalinib, vafot etdi.

Serjio Rossi

Koronavirusga chalinib, vafot etgan mashhurlar

Ayollar bu dizaynerni u yaratgan oyoq kiyimlar orqali yaxshi tanishadi. Rossi brendi o‘zining jozibadorligi va sifati bilan ajralib turadi. Dizayner ham koronavirusdan chetda qolmadi, 85 yoshida ushbu virusdan vafot etdi.

Adam Shlezinger

Koronavirusga chalinib, vafot etgan mashhurlar

Adam ko‘plab film va teatr postanovkalari uchun yaratgan qo‘shiqlari bilan mashhur. U bir qancha saundtreklari uchun "Emmi" va "Gremmi" mukofotlarini qo‘lga kiritgan. U 1 aprelda Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan. Adam 52 yoshni qarshi olgandi.

Li Fyerro

Koronavirusga chalinib, vafot etgan mashhurlar

Umrining oxirgi kunlarini pensionerlarning dam olish maskanida o‘tkazgan aktrisa 91 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusga chalingan Li 6 aprel kuni kasallikka taslim bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!