Koronavirus! Uyda ham niqob taqish kerak, chunki...

Koronavirus! Uyda ham niqob taqish kerak, chunki...

Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun niqobni nafaqat jamoat joylarida, balki uyda ham taqish kerak. Bu haqda BMJ Global Healthda nashr etilgan tadqiqotda aytilgan. Bu hamda "Rosbalt" yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu ehtiyot chorasi oilaning boshqa a’zolari ko‘chadan qaytganida yoki qarindoshlar kelganida infeksiyadan himoya qiladi.

Bundan tashqari, mutaxassislar hatto uyda ham masofa saqlash kerakligini ta’kidladilar.

Oksford universiteti professori Trish Grinxalx uyda niqob taqish amaliyotini muhim deb hisobladi, ammo bunga kam odam amal qilishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!