Karaokeda qo‘shiqning avjiga chiqqan xitoylik ayolning o‘lishiga bir baxya qoldi

Karaokeda qo‘shiqning avjiga chiqqan xitoylik ayolning o‘lishiga bir baxya qoldi

Ayol qo‘shiqning avjiga chiqqanida bosh miya tomiri yorilib ketdi.

Ushbu hodisa oilaviy karaoke-tadbirda 55 yoshli ayol bilan sodir bo‘ldi. U ikkita qo‘shiq ijro etgan, so‘ngra yuqori tonallikka ega bo‘lgan Xitoy xalq qo‘shig‘ini kuylamoqchi bo‘lgan.

Qo‘shiqni ayta turib Chjan kuchli bosh og‘rig‘i hamda ko‘ngil aynishini his etgan.

Qarindoshlari ayolni shu zahoti shifoxonaga olib bordi. Shifokorlar ayolga miya qon tomirining yorilishi tashxisini qo‘ygan. Chjan ikki soat operasiya stolida yotgan, uning tomiri qayta tiklangan. Hozirda u tibbiyot muassasasida reabilitasiya davrini boshdan kechirmoqda.

Tibbiyot xodimlarining aytishicha, Chjan qandli diabet va yuqori qon bosimi tufayli shunday holatga tushgan. Karaokeda baland notada qo‘shiq aytish tufayli qon tomiri yorilib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!