Karantin: O‘zbekistonda daromad solig‘i va QQSlarda imtiyozlar bormi?

Karantin: O‘zbekistonda daromad solig‘i va QQSlarda imtiyozlar bormi?

Bugun AOKA shtabida Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

〰️〰️〰️〰️〰️

❓Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi tashkilotda ishchilarga ish haqini to‘lashda QIYINCHILIK kelib chiqmoqda, chunki hisob-raqamdagi mablag‘lar soliqlarni va ish haqini to‘lashga yetmaydi.

Nega O‘zbekistonda butun dunyodagi kabi, karantin davri uchun ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va QQSlardan imtiyozlar yoki to‘lash muddatlarini kechiktirish mavjud emas?

❗️15 martdan so‘ng imtiyoz va preferensiyalar berish to‘g‘rsida Prezidentimizning 2 ta Farmoni qabul qilindi:

1️⃣ 19 mart kuni qabul qilingan 5969-sonli Farmon bilan soliq to‘lovlari bo‘yicha YENGILLIKLAR BERISh haqida 11 ta me’yor qabul qilindi. Undan 3 tasi jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa, 8 tasi tadbirkorlik sub’ektlariga tegilshi.

2️⃣ 3 aprel kuni qabul qilingan 5978-sonli Farmon bilan bevosita soliq imtiyozi va yengilliklar bilan bog‘liq bo‘lgan yana 12 ta norma kiritildi.

Jumladan:

➖ mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘lash 6 oy muddatga KECHIKTIRISh yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi qiritildi,

➖ ayrim sohalar, masalan, turizm korxonalari yil yakuniga qadar yer va mol-mulk solig‘i TO‘LAMAYDI, ijtimoiy soliqni esa amaldagi 12% o‘rniga 1% li stavkada to‘laydi,

➖ kichik biznes sub’ektlarining tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan holda QQSni har oyda emas, 3 oyda bir marta to‘laydigan bo‘ldi,

➖ tovarlarni sotish hajmi 50 foizdan ko‘proqqa kamaygan taqdirda, ijtimoiy soliqni to‘lash 1 oktyabrgacha KECHIKTIRILADI va keyinchpalik 6 oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun shaxsiy kabinet orqali soliq idorasiga xabarnoma yuborib qo‘yishi lozim bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!