Karantin: boshqa viloyatda yashaydigan otasi yoki onasi o‘lgan fuqaro ta’ziyaga bora olmaydimi?

Karantin: boshqa viloyatda yashaydigan otasi yoki onasi o‘lgan fuqaro ta’ziyaga bora olmaydimi?

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing:

❓Agar boshqa viloyatda yashaydigan yaqin qarindoshlarining, masalan ota-onasining dafn marosimiga borish zarur bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?

❗️Afsuski, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, o‘rnatilgan cheklov barchaga istisnosiz taalluqli bo‘lib, boshqa viloyatda bo‘lgan yaqin qarindoshlaringizning dafn marosimida qatnasholmaysiz.

❓Tibbiyot muassasasidan uyiga javob berilgan fuqaroni bir viloyatdan boshqa viloyatga olib o‘tish qanday bo‘ladi?

❗️Agar Siz og‘ir kasal bo‘lgan fuqaroni, masalan Toshkent shahridan o‘zining doimiy yashaydigan boshqa viloyatiga olib bormoqchi bo‘lsangiz, uning xaqiqatdan o‘sha viloyatda ro‘yhatda turganligini isbotlovchi pasporti va sog‘liqni saqlash xodimlarini tegishli xulosasi asosida postlardan olib o‘tishingiz va uyiga eltib qo‘yishingiz mumkin.

❗️Kasalni uyiga olib borgan fuqaro, karantin cheklovlari tugamaguncha ortga qaytolmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!