Juma kuni bilan bog‘liq 5 fazilat

Juma kuni bilan bog‘liq 5 fazilat

Bayram

Ibn Moja ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Albatta bu (juma kuni) bayram kunidir. Alloh uni musulmonlar uchun (bayram) qilgan (shunday ekan). Kim jumaga kelsa g‘usl qilsin. Agar unda xushbo‘y atir bo‘lsa undan sepib olsin. Misvok bilan tish tozalashga ham mahkam tursin .

Imom Suyuutiy Xasois ul-jum’a.

Ikki karra ajr

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: Har juma kuni ahlingiz bilan mujomaat qila olmaysizmi? Bas, kim o‘shanday qilsa unga ikki karra ajr bor. O‘zining g‘usli va ayolining g‘usli uchun .

Imom Suyuutiy Xasois ul-jum’a.

Bir kunda bir yillik ibodat savobi

Avs ibn Avs as-Saqofiydan rivoyat qilinadi:

Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman, Ul zot aytardilar: Kimki juma kuni g‘usl qilsa, erta turib masjidga ulov minmasdan yayov borsa, imomga yaqin joylashib unga quloq solsa, lag‘v so‘z so‘zlamasa uning har bir qadamiga bir yillik (nafl siyom va qiyom) ro‘za va namoz savobi beriladi .

Abu Dovud, Imom Ahmad, hokim, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja, Ibn Hibbon va Ibn Xuzayma. Sahih.

Faqirlikni daf etadi

Asma’iy rahimahulloh dedi: Bir kuni xalifa Horun ar-Rashid xuzuriga kirdim. Juma kuni edi. U tirnog‘ini olib o‘tirgan ekan. Unga nega aynan bugun tirnoq olayotgani haqida savol qildim.

U dedi: Tirnoqlarni payshanba kunda olish sunnatdan, to‘g‘ri, ammo menga juma kuni olishlik faqirlikni qaytaradi , degan xabar kelgan.

Men unga: Ey Amir al-mo‘minin! Siz ham faqirlikdan qo‘rqasizmi?! dedim.

U: Ey Asma’iy, faqirlikdan mendan ko‘ra ko‘proq qo‘rqadigan kim ekan?! Mening xavfim hammanikidan ko‘proq , dedi. Al-Mujolasa va javohir ul-ilm. 159/ rivoyat.

Juma kuni duo ijobat bo‘ladigan vaqt

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi, Ul zot dedilar: Juma kunda bir vaqt bor, musulmon banda o‘sha vaqtda namozida tik turib Allohdan nimani so‘rasa, albatta unga beradi!

Shu vaqt haqida: eng asahhi yoki asahlaridan bittasi shuki, u imom minbarga chiqib, namozini tamomlaguncha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Zero, Sahihi Muslim da bu sobitdir. Lekin duoni qalbi bilan qilishi kerak. Qo‘lini ko‘tarib, oshkora gapirib qilmaydi. Chunki jumaga kelganlar bu vaqt mobaynida jim turishga ma’murdirlar. Hoshiyatu Ibn Obidin.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!