Jirinovskiy: “Ukrainaning prezidenti bo‘lishim mumkin…”

Jirinovskiy: “Ukrainaning prezidenti bo‘lishim mumkin…”

Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bu haqda "Rossiya 1" telekanali xabar berdi.

Uning fikricha, bu saylovlarda qatnashish imkoniyati bo‘lgan taqdirda yuz berishi mumkin.

“Albatta! Ruslar ham, ukrainaliklar ham menga ovoz berishardi”, dedi Jirinovskiy.

Uning ta’kidlashicha, odamlar mamlakat va uning iqtisodiyoti nobud bo‘layotgani to‘g‘risidagi "yangiliklardan" charchashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!