Jazo kuchaydi: endi karantinni buzganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

Jazo kuchaydi: endi karantinni buzganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

OKA huzurida tashkil etilgan shtabda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Bayonotdan parcha:

— Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisida karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma’qullandi.

❗️Endilikda karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori fuqarolar uchun — 6 690 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun — 11 150 000 so‘mgacha oshirildi.

❗️Jinoiy jazo ham kuchaytirilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

❗️Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, aholi orasida vahima chiqarish uchun ham — jinoiy javobgarlik belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!