Jamshid Kenjayev pichoqlab tashlangandan so‘ng “Aurum898” yopib qo‘yildi

Jamshid Kenjayev pichoqlab tashlangandan so‘ng “Aurum898” yopib qo‘yildi

“Aurum898” tungi klubiga kirmoqchi bo‘lgan va oqibatda pichoqlab o‘ldirilgan Jamshid Kenjayev voqeasi ortidan shahardagi eng yirik “diskoteka” yopib qo‘yildi.

 

Erkin kurash bo‘yicha professional sportchi Jamshid Kenjayev “Aurum898” tungi klubiga mehmon sifatida kelib, yonida bo‘lgan pichog‘i bilan ichkariga kirishga uringan, tungi klub qo‘riqchilari esa bunga yo‘l qo‘yishmagan.

O‘zaro kelishmovchilik katta janjal va oxir-oqibat pichoqbozlikka aylanib ketgan. Qo‘riqchilar va sportchining o‘zaro janjali natijasida Jamshid Kenjayevning tana va buyin qismlariga pichoq bilan 10 marotabaga yaqin zarba berilgani aytilmoqda.

Ushbu voqea sababli poytaxtdagi uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan eng yirik tungi klub faoliyati to‘xtatilgan.

9 avgustdan 10 avgustga o‘tar kechasi tungi klub eshiklari butunlay berk bo‘lgan va hatto bino qorovuli ham bo‘lmagani aniqlandi.

Poytaxtda joylashgan va ertalabki soat 06:00ga qadar faoliyat olib boradigan bu ko‘ngilochar maskan nima sababdan va qaysi idora vakillari tomonidan yopilgani borasida hozircha biror rasmiy ma’lumot yo‘q.

Sportchi o‘limida sababchi bir qo‘riqchi qamoqqa olingan, ikki nafari esa hamon shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!