Jahon futbolining afsonalari Milliy olimpiya qo‘mitasida

Jahon futbolining afsonalari Milliy olimpiya qo‘mitasida

Yurtimizda o‘tayotgan Yoshlar forumi doirasidagi tadbirlarda qatnashayotgan jahon futbolining yorqin yulduzlari – Braziliya terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Dida va futbolchi Serjinyo, Italiya terma jamoasining sobiq futbolchilari Kristian Panuchchi va Kristian Zakkardo O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib, mamlakatimiz olimpiya harakati bilan yaqindan tanishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futbol yulduzlariga o‘zbek sportining shonli tarixi, Olimpiya o‘yinlarida erishgan natijalar va "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik haqida so‘zlab berdi.

Jahon futbolining afsonalari Milliy olimpiya qo‘mitasida

Jahon futbolining afsonalari Milliy olimpiya qo‘mitasida

O‘z navbatida, dunyoga dong‘i ketgan futbolchilar mamlakatimizda sportga, xususan futbolga berilayotgan e’tibor, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga yuqori baho berdi.

Mehmonlar Milliy olimpiya qo‘mitasining tashrif kitobiga samimiy dil izhorlarini bitdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!