Italiyada  COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq holatlar soni aytilganidan ko‘proq

Italiyada  COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq holatlar soni aytilganidan ko‘proq

Fevraldan iyungacha Italiyada taxminan 1,5 million kishi koronavirus bilan kasallangan.

Buni aholini serologik o‘rganish natijalari tasdiqlamoqda, deb xabar beradi “Corriere della Sera”.

Bu raqam avval aytilganidan olti baravar ko‘p.

Farq shundaki, hozirgi kunga qadar Italiyada holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar faqat koronavirus uchun o‘tkazilgan testlar natijalari asosida olingan.

Endi esa shifokorlar COVID-19 ga qarshi kurashish uchun italiyaliklarning qonida qancha antitanachalar borligini tekshirib ko‘rishgan.

Natijada tadqiqotda ishtirok etgan 65 mingga yaqin kishining atigi 2,5 foizidagina COVID-19ga qarshi antitanachalar mavjudligi ma’lum bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!