Italiya klubi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda

Italiya klubi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda

Eldor Shomurodovdan keyin o‘zbekistonlik yana bir futbolchi Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

ParmaLive sayti xabariga ko‘ra, Italiyaning «Parma» klubi SSKA yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda. Hozirda «B» Seriyada yaqqol peshqadamlik qilib, yangi mavsumni A Seriyada boshlashi kutilayotgan parmaliklar hozirdan tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Fayzullayev o‘tgan yozda «Paxtakor»dan SSKA safiga 500 ming yevroga transfer qilingan edi.

Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisiga «Bavariya» klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!