Istanbulda havo holati yomonlashib bormoqda

Istanbulda havo holati yomonlashib bormoqda

Istanbulning ayrim tumanlarida havo ifloslanish ko‘rsatkichi inson sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan darajaga yetgan. Holat Afrika chang-to‘zoni shaharga yetib kelgani bilan bog‘liq, deyilgan hokimlik tarqatgan ma’lumotda.

Turkiyaga chang yopirilgani, shamol yo‘qligi va yo‘ldagi doimiy tirbandlik Istanbul havosini buzmoqda. Shaharda harorat 20 darajadan yuqori, ko‘rish imkoniyati sezilarli ravishda pasaygan. Iqlimshunoslar ta’kidlashicha, to‘zon yakshanba kuni hududni tark etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!