Isroilning yana bir vaziri iste’foga chiqishi bilan tahdid qildi

Isroilning yana bir vaziri iste’foga chiqishi bilan tahdid qildi

Isroilning ta’lim vaziri va Yahudiylar uyi partiyasi rahbari Naftali Bennet Avigdor Liberman iste’fosi haqidagi hujjatni taqdim qilganidan keyin Mudofaa vaziri tayinlanmasa, partiyasi Isroil hukumatidan chiqishi bilan tahdid qildi.

IYErussalim post gazetasining saytida Yahudiylar uyi partiyasi vakillarining so‘zi keltiriladi: “Agar Naftali Bennet mudofaa vaziri bo‘lmasa, u holda partiya hukumat tuzilmasidan chiqib ketadi”.

Isroil rasmiy OAV Likud partiyasi rahbarlari Netanyahu tez orada mudofaa vazirini tayinlashi haqida xabar berganini aytdi.

Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman kecha hukumatning Hamasga ko‘ngilchanglik bilan munosabatda bo‘lishda ayblab, iste’foga chiqqanini e’lon qilgan edi.

Isroil hukumatida Isroil uyimiz partiyasi chiqib ketganidan so‘ng 5 ta partiya qoldi. Ular Likud partiyasidan tashqari Bennet boshchiligidagi “Yahudiylar uyi”, Ichki ishlar vaziri Ariyeh Deri boshchiligidagi “Shas”, Moliya vaziri Moshe Kahlon boshchiligidagi “Hammamiz” va Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Leytsman raisligida “Yahudut Tora” partiyalari.

Agarda Yahudiylar uyi partiyasi ham iste’foga chiqsa, hukumat parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotib, iste’foga chiqishi mumkin.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!