Isroil mudofaa vaziri o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani uchun iste’fo berdi

Isroil mudofaa vaziri o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani uchun iste’fo berdi

Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman mamlakat hukumati G‘azo mintaqasida ikki kundan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarni to‘xtatish uchun o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani uchun iste’fo berdi.

14 noyabr kuni Liberman hukumatning bu qarorini qoralab, o‘zining millatchi “Isroil – Bizning uyimiz” partiyasi bosh vazir Binyamin Netanyahu koalisiyasidan chiqishini e’lon qildi.

G‘azodagi navbatdagi to‘qnashuvlar 11 noyabr kuni Isroilning G‘azodagi yashirin missiyasi oshkor bo‘lishi ortidan boshlangan edi.

Jangari guruhlar Isroilga raketa otishi va Isroil G‘azoni bombardimon qilishi ortidan yetti nafar falastinlik hamda bir nafar Isroil askari halok bo‘ldi.

G‘azoda hukmronlik qilib kelayotgan Hamas harakati hamda boshqa Falastin jangari guruhlari 13 noyabr kuni Misr yetakchiligida olib borilgan muzokaralar ortidan Isroil hamkorlik qiladigan bo‘lsa, o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, 14 noyabr kuni har ikki taraf kelishuv shartlariga amal qilishda davom etgan.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!