Indoneziya qirg‘oqlarida zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziya qirg‘oqlarida zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyaning Yava oroli qirg‘oqlarida 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi (BMKG).

Erosti silkinishlari odamlar binolarni evakuasiya qilishga majbur bo‘lgan poytaxt Jakartada va yaqin atrofdagi Bandung shahrida ham sezildi, deb yozadi AFP.

«Odatda zilzilalar taxminan besh soniya davom etadi, ammo bu 10-15 davom etadi», dedi agentlikka Bandunglik Iman Krishnavan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, magnitudasi 6,1 ni tashkil qilgan. Zilzila manbai 68 km chuqurlikda joylashgan.

Indoneziya rasmiylariga ko‘ra, sunami haqida hech qanday ogohlantirish bo‘lmagan. Shuningdek, qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!