Imomali Rahmon koronavirusga chalinib, Germaniyaga ketdimi?

Imomali Rahmon koronavirusga chalinib, Germaniyaga ketdimi?

“Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon COVID-19 yuqtirgan”, degan xabarlar tarqaldi. Xabarda tojik prezidenti 3 may kuni maxsus reys bilan Germaniyaning Ramshtayn shahriga uchib ketgani iddao qilingan. Uni Phoenix Air kompaniyasining Gulfstream G-III samolyoti olib ketgan.

Bu samolyot maxsus tibbiy uskunalar bilan jihozlangan va og‘ir ahvoldagi bemorlar va shifokorlarni tashish uchun mo‘ljallangan.

Mamlakatdagi og‘ir vaziyatga qaramay, prezident anchadan buyon omma oldiga chiqmayotgan edi. 

Prezidentning Germaniyaga davolanish uchun ketganini prezident maslahatchisi Abdujabbor Rahmonzoda haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. https://www.interfax.ru/world/707309

30 aprel kuni Tojikiston Respublikasi SSV koronavirusga chalingan ilk bemorlarni ma’lum qildi. Dushanba kuni rasmiy manbalar 230 nafar infeksiyaga chalingan va 3 kishining vafot etgani xabarini berishdi. 

Imomali Rahmon o‘z ish joyida deb aytgan Rahmonzoda.

"Shuni ham aytish lozimki, Gulfstream G-III samolyoti Dushanbega Germaniyadan gumanitar yuklar olib kelgan”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!