Ilk bor sudyalikka tayinlangan 13 nafar sudya O‘zbekiston bayrog‘i ostida tantanali qasamyod qabul qildi

Ilk bor sudyalikka tayinlangan 13 nafar sudya O‘zbekiston bayrog‘i ostida tantanali qasamyod qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining navbatdan tashqari Plenumi bo‘lib o‘tdi.
Unda ilk bor sudyalikka tayinlangan 13 nafar sudya O‘zbekiston bayrog‘i ostida tantanali qasamyod qabul qildi.

Videokonferensaloqa rejimida tashkil etilgan tadbirda Oliy sud sudyalari, ilk bor lavozimga tayinlangan sudyalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, viloyat sudlarining raislari, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta’minlash departament xodimlari hamda  ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oliy sud raisi K.Kamilov sudyalik lavozimining mas’uliyati, ularga bildirilayotgan ishonch, sudyaning odil sudlovni amalga oshirishdagi o‘rni, faqat qonunga bo‘ysunishi haqida so‘z yuritdi.

- Hozirgina O‘zbekiston bayrog‘i ostida sudyalik qasamyodini qabul qildim, bu men uchun ulkan sharaf, - deydiToyloq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi  lavozimiga tayinlangan Feruz Karimov. - O‘z faoliyatimda, har bir qaror qabul qilayotganimda ongimda adolat, dilimda haqiqat ustuvor bo‘ladi. Sudyalik qasamyodimga hamisha sodiq qolishga va’da beraman.  
Ota-onalar nomidan so‘zga chiqqan YU.Ibragimov va G.Karimova farzandlariga bildirilgan bunday ishonch uchun muhtaram Prezidentimizga, Sudyalar oliy kengashiga, Oliy sud rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirishdi.
Tadbirda sudyalarga guvohnoma, Sudyalar odob-axloq kodeksi va Sudyalar odob-axloq kodeksiga sharhlar kitobi topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!